Vengriya Ukraina uchun yordam ajratishga qarshi chiqdi
Olam
−
16 dekabr 2024
3866Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 6,5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratish haqidagi qaroriga qarshi chiqdi. Bu haqda Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelgan mavqedoshlari bilan uchrashuvda ishtirok etayotgan Vengriya Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
“Bugun men Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish borasidagi to‘lov uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 6,5 milliard yevro ajratilishiga veto qo‘ydim”, degan vazir.
Bundan tashqari, Vengriya Ukrainaga Yevropa Ittifoqi davlatlaridan harbiy maslahatchilar yuborishni ham qo‘llab-quvvatlamagan.
Qayd etilishicha, bu Vengriyaning Ukraina armiyasini qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan mablag‘ ajratilishini birinchi marta to‘sib qo‘yishi emas. Qolaversa, Budapesht Kiyev hech bir Vengriya kompaniyasi Ukrainaning “xalqaro urush homiylari” ro‘yxatiga kiritilmasligiga kafolat bermaguncha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasligidan ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit berish imkoniyatini shubha ostiga qo‘ygandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar