Rossiya ikki samolyot harbiylarini Venesuelaga yubordi

Olam

image

Venesuelaga Rossiyadan ikkita samolyotda harbiylar bordi. Associated Press xabarига ko‘ra samolyotlar rasmiy Karakas va Moskva o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik doirasida Venesuelaga borgan.

Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya harbiylari Venesuelaga mamlakat qurolli kuchlaridagi texnikalarga servis xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanishni o‘rgatish uchun kelgan. Rossiya harbiylari venesuelalik hamkasblari bilan strategik masalalarni ham muhokama qilib olishi rejalashtirilgan.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Venesuelaga borgan Rossiya samolyotlari haqidagi xabarlarga izoh berishni xohlamadi.

“Mudofaa vazirligiga qo‘ng‘iroq qilng”, degan Peskov.

Bundan avvalroq, El Comercio gazetasi An-124 va Il-62 samolyotlari Rossiya harbiylari hamda 35 tonna yuk bilan Karakas xalqaro aeroportiga yetib borganini xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Venesuelada Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining qator rivojlangan mamlakatlari darhol Guaydoni prezident sifatida tan oldi.

Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador va Turkiya Maduroni qo‘llab-quvvatladi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish inqirozni hal qilish uchun tomonlarni muloqot o‘tkazishga chaqirdi.

Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya va Fransiya Guaydoni 4 fevral kuni tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela rus harbiylari

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing