Venesuelada ko‘chki va suv toshqini qurbonlari 43 nafarga yetdi

Olam

image

Venesuelaning Aragua shtatidagi Las-Texerias shahrida kamida 43 kishi ko‘chki va suv toshqinlari qurboni bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, “Associated Press” nashri xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida 56 kishi qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, shahar kvartallarini tozalash uchun og‘ir texnikalar jalb qilingan, qurbonlarni qidirish uchun dronlardan foydalanilmoqda, shuningdek, maxsus o‘qitilgan itlar ham jalb etilgan. Mahalliy aholi omon qolganlar va yordamga muhtojlarni qidirishga qo‘shilgan.

"Biz hali ham qutqarilishi mumkin bo‘lgan odamlarni topishga umid qilamiz", deydi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigez.

Las-Texerias aholisi 50 ming kishidan iborat bo‘lib, shaharda 317 ta uy butunlay vayron bo‘lgan, yana 750 tasi jiddiy zarar ko‘rgan.

Avvalroq, Venesuelada yuz bergan kuchli yog‘ingarchiliklar sababli sodir bo‘lgan toshqin va ko‘chkilar oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgani, 50 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing