Venesuelada motam: yog‘ingarchiliklar sabab 25 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
10 Oktabr 2022 3284 1 daqiqa
Venesuelada yuz bergan kuchli yog‘ingarchiliklar sababli sodir bo‘lgan toshqin va ko‘chkilar kamida 25 kishini bu hayotdan olib ketdi. Yana 50 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqida CNN nashri xabar bermoqda.

Yog‘ingarchiliklar 8 oktyabrda boshlangan bo‘lib, 9 oktyabr kuni vayronkor tus olgan. Santos Michelena munitsipalitetida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin Las Texerias daryosi beshta joyda o‘z-o‘zanidan toshgan. Toshqin oqibatida, tog‘li hududlarda sel va ko‘chkilar sodir bo‘lgan. Olib borilgan qidiruv ishlarida 25 kishining jasadi topilgan. Bedarak yo‘qolgan fuqarolarning soni esa 50 nafarga yetgan.

Kecha, 9 oktyabr kuni Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilib, jabrlangan oilalarga hamdardlik bildirdi.
Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodrigesga ko‘ra, uylari vayron bo‘lgan fuqarolar va ekinlari nobud bo‘lgan fermerlarga hukumat moliyaviy ko‘mak beradi.

Fuqaro muhofazasi vaziri o‘rinbosari Karlos Peres, tabiiy ofat sababli falokat zonasiga aylangan Las Texerias shahrida 1000 dan ortiq politsiya xodimlari qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etayotganini ma’lum qilgan.

Live
Barchasi