Ozarbayjon kuchaytirilgan karantinga qaytmoqda

Olam

image

Ozarbayjonda koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda. Shu munosabat bilan mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Qaror Respublikada amalda bo‘lgan maxsus karantin rejimi doirasida qabul qilingan. 

Unga ko‘ra, 19 oktyabr yarim tundan 2 noyabr ertalabgacha Baku metrosi faoliyati to‘xtatiladi. Shu muddat davomida mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilinadi.

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli buyrug‘iga binoan davlat tuzilmalari xodimlari soni 30 foizgacha qisqartirildi. Shunga o‘xshash qadamlar xususiy sektor muassasalari va tashkilotlari uchun ham tavsiya etilgan. 

65 yoshdan kattalarga zarurat bo‘lmaganda uydan chiqmaslik aytilgan.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjonda koronavirus infeksiyasining kunlik o‘sishi 500 dan oshgan.

Bugungi kunga qadar Respublikada 43 ming 280 nafar bemor qayd etilgan. 619 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 39 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin ozarbayjon

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing