Venesuela va AQSH aloqalari to‘xtadi – Maduro
Olam
−
08 may 2020
4324Venesuela hukumati va AQSH hukumatlari o‘rtasidagi aloqalar 3 may kuni harbiy-dengiz bosqinchiligi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng, to‘xtatildi. Bu haqda Prezident Nikolas Maduro ma’lum qildi.
Venesuela Ichki ishlar vaziri Nestor Reverolning ma’lum qilishicha, La-Guayra shtatiga Kolumbiya jangarilarining dengizdan bostirib kirishining oldi olingan. Maduro bu hujumdan maqsad uni o‘ldirish ekanligini ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, jangarilar mamlakatga tezyurar kemalarda bostirib kirishga uringan. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, dengizdagi qurolli hujumda hibsga olinganlar orasida AQSH Prezidentining shaxsiy qo‘riqchisi deb atalgan ikki AQSH fuqarosi ham bor.
“Mana shu voqeadan so‘ng, barcha muloqotlar uzildi. 3 maydan keyin ular to‘xtatildi. Whatsapp’da ham, telefonda ham javob berishmayapti, go‘yo soqov bo‘lib qolishgan. So‘rovlarimiz javobsiz qolmoqda”, dedi Maduro.
LiveBarchasi