Venesuela o‘zida koronavirusni 100 foiz yo‘q qiladigan preparat borligini da’vo qildi

Olam

image

Venesuela olimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashadigan preparat ishlab chiqdi. Ushbu bayonot bilan mamlakat Prezidenti Nikolas Maduro chiqdi.

"Tadqiqot olti oy davom etdi va natijalar sog‘lom molekulalarga toksik ta’sir ko‘rsatmasdan COVID-19 virusini 100 foiz yo‘q qilishni ko‘rsatmoqda", dedi u Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) Venesuela ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan olib borilgan ishlar natijalarini topshiradi. 

"JSST tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, biz ushbu molekulani ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro ittifoqchilarni qidirishni boshlaymiz", deya qo‘shimcha qildi u.

Maduroning versiyasiga ko‘ra, "koronavirusni yo‘q qiladigan dori" "gepatit S, odam papillomavirusi va Ebolani davolash uchun ishlatiladigan DR10 molekulasi"ga asoslangan.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Nikolas Maduro koronavirus

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing