Venesuela Prezidenti Ilon Maskni jangga chorladi
Olam
−
01 avgust
8940Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro milliy televideniye orqali o‘ziga qarshi so‘zlagan amerikalik milliarder Ilon Maskka jang qilishni taklif qildi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, ushbu voqealar Prezident Maduro davlat rahbarligiga qayta saylanishidan so‘ng yuz bergan. Tesla asoschisi esa o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida Maduroni bir necha bor tanqid qilib, uni katta saylovlarda firibgarlikka qo‘l urganlikda ayblab, unga nisbatan diktator so‘zini ishlatgan.
“Diktator Maduroga uyat”, deb yozgan Mask.
Venesuelada joriy yilning 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Maduro g‘olib deb e’lon qilindi, biroq saylov idoralari bu da’voni tasdiqlash uchun batafsil natijalarni oshkor eta olmadi. Natija ko‘pchilik tomonidan so‘roq ostida qoldi, AQSH va Yevropa Ittifoqi Venesuela hukumatidan ovoz berish haqidagi batafsil ma’lumotlarni oshkor qilishni talab qilmoqda.
Mask Prezidentning taklifini qabul qilgan va agar jangda g‘alaba qozonsa, uni Marsga bepul sayohatga olib ketishini aytgan. Shu o‘rinda, tadbirkor Maduroga jangda mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lsa, mamlakat rahbarligidan ketish shartini qo‘ygan.
“Agar men g‘alaba qozonsam, u Venesuela diktatori lavozimidan ketadi”, deb yozgan Mask.
LiveBarchasi