Venesuela Prezidenti AQSHga keskin javob qaytardi

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro kecha, 26 mart kuni AQSHning giyohvandlik terrorizmiga oid ayblovlarini asossiz, deb atadi.

"Venesuela giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda so‘nggi 15 yil ichida rekord darajaga erishdi. Giyohvandlik hukumati Kolumbiyada shakllandi", dedi u hukumat a’zolari bilan uchrashuvda.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, Vashington unga qarshi qo‘yilgan ayblovlar yordamida yangi koronavirus tarqalishi sababli AQSH duch kelgan sog‘liqni saqlash inqirozidan chalg‘itishga harakat qilmoqda.

AQSH Maduroning "hibsga olinishi va / yoki sud qilinishiga" sabab bo‘ladigan ma’lumot uchun 15 million dollar va Boliviya hukumatining boshqa vakillari to‘g‘risidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

Avvalroq, AQSH Prezidenti ma’muriyati Venesuelani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish niyati borligi haqida xabar qilgan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Nikolas Maduro

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing