Venesuela hozir juda baxtli – Tramp
Olam
−
11 may 1436 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela uning aralashuvidan keyin “baxtli davlat”ga aylanganini aytdi. Bu haqda u CBS kanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Tramp AQSH Venesueladagi vaziyatga aralashgandan so‘ng mamlakat “juda baxtli davlat”ga aylanganini da’vo qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yil yanvarida Nikolas Maduro hibsga olinganidan keyin vaziyat keskin yaxshilangan.
“Ular baxtsiz edi, lekin endi hamma narsa joyida ekanligidan, hamma narsa yaxshi boshqarilayotganidan xursandlar. Neft qazib olish juda katta, uzoq yillardagi eng katta ko‘rsatkich. Yirik neft kompaniyalari siz ko‘rgan eng katta, eng chiroyli burg‘ulash qurilmalarini qurmoqda va odamlar ishlamoqda, qisqasi, Venesuela baxtli mamlakat. Odamlar menga Venesuelada sodir bo‘lgan voqealardan juda faxrlanishlarini va ular yaxshi ish qilayotganliklarini aytmoqda. Shunday qilib, bizda qilgan va davom ettirayotgan juda ko‘p qiziqarli narsalar bor”, degan Tramp.
Biroq, mustaqil kuzatuvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuelada iqtisodiy holat hanuz og‘irligicha qolmoqda. Qashshoqlik darajasi pasaymagan, inflyatsiya esa yuqori darajada saqlanib turibdi. Mutaxassislar ayrim iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘lsa ham, bu oddiy aholi farovonligiga sezilarli ta’sir qilmaganini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Venesueladagi elchixonasi faoliyatini qaytadan tiklashi haqida xbaar berilgandi.
Live
Barchasi