Venesuelada Amerika elchixonasi qaytadan ochiladi
Olam
−
31 mart 590 2 daqiqa
AQSH Venesueladagi elchixonasi faoliyatini qaytadan tiklaydi. Bu haqda, bugun 31 mart kuni AQSH Davlat departamenti xabar berdi.
Amerikaning Venesueladagi elchixonasi 2019 yilning mart oyidan buyon faoliyat yuritmayotgan edi. AQSH Davlat departamentining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar uchun muvaqqat prezdident Delsi Rodriges hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilishi AQSH–Venesuela munosabatlarida muhim qadam bo‘lgan.
Ikki davlat o‘rtasida o‘n yillar davomida kuchayib borgan adovatlar AQSH–Venesuela diplomatik munosabatlarning uzilishiga olib kelgan. AQSH Venesueladagi so‘nggi elchisini 2010 yilda mamlakatga chaqirib olgan.
Joriy yil yanvarda ag‘darilgan Prezdident Nikolas Maduro 2018 yilda AQSH Prezdidentining Venesueladagi maxsus vakilini mamlakat hududidan chiqarib yuborgan. Kelgusi yilda esa bu AQSH hukumatining Venesueladan barcha diplomatlarini olib ketishiga sabab bo‘lgan. Shu sababli Amerikaning Venesueladagi elchixonasi 2019 yilning mart oyidan buyon faoliyat yuritmayotgan edi. O‘shandan buyon Amerika tomoni Venesuelada bo‘yicha barcha amaliyotlarni Kolumbiyadagi elchixonasidan turib amalga oshirib kelgan.
Bugun, 31 mart kuni AQSH Davlat departamenti Laura Doguni AQSH Prezdidentining Venesueladagi maxsus vakili etib tayinlangan.
“Bugun biz AQSHning Karakasdagi elchixonasi faoliyatini rasman qayta boshlaymiz, bu esa Venesueladagi diplomatik faoliyatimizning yangi sahifasini ochadi”, deydi Dogu.
Vashington va Venesuelaning yangi hukumati
Joriy yil boshida AQSH Venesuelada harbiy operatsiya o‘tkazdi. Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro 3 yanvar kuni Karakasda Amerika maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olindi va AQSHga olib ketildi. Shundan so‘ng, prezident vazifasini ilgari vitse-prezident lavozimida ishlagan Delsi Rodriges bajara boshladi. U Vashington bosimi ostida siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod qilishga kirishdi. Rodriges, shuningdek, foydali qazilmalar to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgartirib, Venesuelaning neft sektorini xorijiy investitsiyalar uchun ochib berdi. 24 fevral kuni Tramp AQSH o‘zining "yangi do‘sti va hamkori" Venesueladan taxminan 89 million barrel neft olganini e’lon qildi.
27 fevral kuni Rodriges Trampni o‘z mamlakatiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga va Venesuela nefti blokadasini to‘xtatishga chaqirdi. U Maduro ag‘darilganiga qaramay, mamlakatlarni bir-biriga "do‘stona" deb hisoblashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Karakasdagi hukumat Vashington bilan "hamkorlikning yangi kun tartibini ochishga" intilmoqda.
AQSH Davlat departamenti 5 mart kuni Venesuelaning muvaqqat hokimiyati bilan diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Marko Rubio boshchiligidagi idora Qo‘shma Shtatlar Venesuela xalqiga "tinch yo‘l bilan demokratik saylangan hukumatga o‘tish uchun sharoit yaratuvchi bosqichma-bosqich jarayon" doirasida yordam berishda davom etishiga va’da berdi.
Live
Barchasi