Venerada tiriklikning ikkinchi alomati topildi

Texnologiya

image

Olimlar Zuhro (Venera) sayyorasida hayot boriligidan dalolat beruvchi sodda glitsin aminokislotasi aniqlandi. Bu haqda G‘arbiy Bengaliyadagi Midnapur kolleji tadqiqotchisi Arjit Manning maqolasida aytib o‘tilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Element Atakama katta antenna massivi yordamida topilgan. Radioteleskop sayyoraning o‘rta kengliklarida 261,87 gigagers chastotada o‘ziga xos glitsin yutish chizig‘ini aniqlagan. Ekvator yaqinida sigrant yanada yaxshiroq ko‘ringan, qutblar mintaqasida kuzatilmagan.

“Astrofizika, kimyoviy fizika va biofizikada oddiy molekulalardan sodda glitsin aminokislotasining sintez qilinishi kimyoviy evolyutsiya va hayotning paydo bo‘lishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Mutaxassislarning fikricha, topilma Venera atmosferasida hayotning dastlabki shakllari mavjudligini isbotlashi mumkin.

Zuhro atmosferasini o‘rganish masalasi Massachusets va Kardiff olimlari sentyabr oyida sayyora bulutlarida hayot mavjudligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan fosfin gazi topilganligini e’lon qilganidan keyin dolzarb bo‘lib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Venera

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing