“Vektor”ning ikkinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina klinik sinovlardan oldingi barcha bosqichlardan o‘tdi. Bu haqda markaz Matbuot xizmati xabar bergan.

"Ushbu vaksina laboratoriya hayvonlarida o‘tkaziladigan tadqiqot bosqichidan o‘tdi", deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, "Vektor" vaksinani ishlab chiqarish vaqti haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidlagan. Chunki preparat hali barcha kerakli sinovlardan o‘tib ulgurmagan. 

Ma’lumot uchun, shu yilning 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

“Vektor” markazida tayyorlangan “EpiVakKorona” vaksinasini esa 15 oktyabrgacha ro‘yxatdan o‘tkazish kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar 36 millionga yaqinlashmoqda. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing