Vaziyat jiddiylashmoqda: bir kunda 4 bemor vafot etdi
Jamiyat
−
11 yanvar 2022
13673Kecha, 10 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201155 (+425) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 15 nafari Andijon viloyatida,
• 8 nafari Buxoro viloyatida,
• 21 nafari Jizzax viloyatida,
• 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 3 nafari Navoiy viloyatida,
• 6 nafari Namangan viloyatida,
• 47 nafari Samarqand viloyatida,
• 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 8 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 22 nafari Xorazm viloyatida,
• 43 nafari Toshkent viloyatida,
• 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Andijon viloyatida 12 nafar,
• Buxoro viloyatida 1 nafar,
• Jizzax viloyatida 14 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
• Navoiy viloyatida 2 nafar,
• Namangan viloyatida 8 nafar,
• Samarqand viloyatida 24 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
• Xorazm viloyatida 20 nafar,
• Toshkent viloyatida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197308 (+126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi