Vaziyat jiddiy! “Barselona” ikki nafar futbolchisidan qutulmoqchi
Sport
−
11 dekabr 2021
4877“Barselona” qish transferlar vaqtida har qanday yo‘l bilan yarim himoyachi Filippe Koutino va himoyachi Samuel Umtitidan qutulmoqchi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kataloniya klubi futbolchilar bilan xayrlashish uchun har qanday chora ko‘rishga, jumladan, shartnomani buzishga ham tayyor.
“Barselona” oxirgi chora sifatida futbolchilar bilan shartnomani buzadi, ammo bu variant Koutino va Umtiti ketishdan bosh tortsagina, amalga oshishi mumkin. Hatto, bosh murabbiy Xavi futbolchilarga bosim o‘tkazadi, ularni o‘yin qaydnomasiga kiritmaydi va jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Eslatib bo‘tamiz, “Ko‘k-anorranglilar” murakkab vaziyatda qolgani sababli klubga tahdid solishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlarga qaramay, oxirgi chora sifatida shunday qaror qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” 2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi marta UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirmadi. O‘sha mavsumda jamoa Yevropaning asosiy klub turnirida umuman ishtirok etmagan. O‘shandan beri “Barselona” 4 marta Chempionlar ligasi va Superkubogi hamda uch bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi