Vaziyat chigallashdi - Turkiya maxsus kuchlarini Idlibga jo‘natmoqda
Olam
−
07 fevral 2020
6522Bugun, 7 fevral kuni Turkiya maxsus kuchlarini Idlib zonasidagi kuzatuv punktlariga o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus kuchlar, harbiy texnika va o‘q-dorilar bilan ta’minlangan 150 yuk mashinalaridan iborat karvon chegaradagi Xatay viloyatining Rayhonli tumaniga yetib borgan. Harbiylar U yerdan Suriyaga yo‘l olishadi.
Aytish mumkinki, Suriyada bo‘layotgan voqealar yaqin kelajakdagi gaplar emas. Mamlakat 2014 yildan buyon urush iskanjasida. Turli kuch va manfaatlarning to‘qnashuvlari oqibatida mamlakat parokanda bo‘ldi, qurbonlar soni millionga yaqinlashdi. Suriyadagi urush global mavzuga aylandi.
Jahonda yuqori turuvchi tashkilotlar va davlatlar aralashuvi ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralar va harbiy harakatlar mamlakatdagi urush olovini biroz pasaytirdi. Jangarilar egallab turgan ko‘plab hududlar ozod etildi. So‘nggi oylarda o‘z uylarini tashlab ketgan qochqinlar shahar va qishloqlariga qaytishdi. Ammo mamlakatning ayrim hududlaridagi taranglik yanada keskinlashdi. Ana shunday hududlardan biri Idlib bo‘lib turibdi. Bu yerda Suriya hukumat armiyasi va Turkiya harbiylari o‘rtasida nizolar kelib chiqmoqda.
Rossiya, Eron va Turkiya 2017 yil may oyida Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta dekalatsiya zonasini yaratishga kelishib olgan edi. Ulardan uchtasi 2018 yilda rasmiy Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatida joylashgan to‘rtinchisi hali ham hukumat qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilmagan. Hududning aksariyat qismi "Jabahat an-Nusra" terrorchilari tomonidan nazorat qilinmoqda.
2018 yil sentyabr oyida Sochida Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlantirilgan zonani tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolagan edilar. Idlibda o‘ndan ortiq turli xil guruhlar mavjud. Ularning eng yirigi, turkparast "Milliy ozodlik fronti" va "Jabahat an-Nusra" kabi jami 30 ming jangarilarning birlashmasi hisoblanadi.
Shu yilning yanvar oyi oxirida Suriya armiyasi Halab g‘arbiga hujum qilib, shaharning turar-joy hududlarini terrorchilardan tozalash maqsadida har kuni bombardimon qildi. Buning natijasida o‘nlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Uch kundan keyin Bashar Asad armiyasi 2012 yildan beri jangarilar nazorati ostidagi va ularning eng katta tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan Maaret Nuuman shahrini terroristlardan ozod qildi.
So‘nggi kunlarda Suriyaning Idlibga hujumlarni kuchaytirish fonida Anqara va uning ba’zi sheriklari rasmiy Damashq va Moskvani gumanitar binolar va turk harbiylariga zarba berishda ayblamoqda.
Joriy yilning 3 fevral kuni Idlibda Suriya hukumat armiyasi bilan to‘qnashuvlar natijasida olti nafar turk askari halok bo‘lgani aytildi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Idlibdagi vaziyat normallashmasa, Anqara jim turmaydi va buning uchun barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan harbiy kuch ham ishlatadi.
LiveBarchasi