Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Jamiyat
−
27 aprel
10157Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chiriladi. Bu haqda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (bunga Abdulla Aripov rahbarlik qiladi) uch oy muddatda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chirishi zarur.
Bundan tashqari, ularning ma’muriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larni ushbu hududda ma’muriy binolarni barpo etishni moliyalashtirishga yo‘naltirish yuzasidan taklif kiritishi kerakligi qayd etilgan.
“Davaktiv agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin”, deyiladi qarorda.
LiveBarchasi