Har bir so‘mni oqilona sarflash kerak – Prezident 2021 yil uchun byudjet parametrlarini belgilab berdi

Jamiyat

image

Byudjet xarajatlari ochiq-oshkora bo‘lishi, vazirlik va idoralar, hududlar uning har bir so‘mini oqilona sarflashi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida byudjet parametrlari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Davlat rahbari kelasi yil uchun asosiy byudjet parametlarini belgilab berdi. Unga ko‘ra:

Xalq ta’lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo‘yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so‘m, jihozlashga 200 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda;

ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida kelgusi yili innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan 2 baravar ko‘p mablag‘ yoki 100 milliard so‘m ajratiladi;

sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m belgilanishi ko‘zda tutilgan, ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 milliard so‘m ajratilmoqda, kelgusi yilda birinchi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini 100 foizga yetkazish uchun 130 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Jamoat ishlari jamg‘armasiga 250 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan;

kelgusi yili chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun byudjetdan birinchi marotaba 30 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

Yig‘ilishda yana bir muhim masala – moliyaviy intizom va nazoratni kuchaytirish. Moliya vazirligiga tashkilotlarda ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy xarajatlar va kamomadlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan buyon xarajatlar tarkibi va natijadorligi davlat idoralarining rasmiy saytlarida e’lon qilish tartibi joriy qilinadi va bunga amal qilmagan rahbarlarga jarima qo‘llaniladi. Buni Oliy Majlis palatalari va mahalliy kengashlar nazorat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing