Vazirlik o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarga muhim ma’lumotni e’lon qildi
Jamiyat
−
12 avgust 2021
16910O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlarga murojaat bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishcha, 2021/2022-o‘quv yili uchun O‘zbekistondagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Ayrim arizalar esa ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etilgan.
Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning so‘nggi muddati 2021 yil 13 avgust kuni soat 23:59. Ushbu muddatdan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoni bo‘lmaydi. Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Vazirlik ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalar (fuqarolar)dan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali), arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlarini so‘ragan.
LiveBarchasi