Vazirlik sovuqda ekinlarni qanday asrab qolish bo‘yicha tavsiya berdi
Jamiyat
−
09 aprel 2020
9924O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatb markazining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12 aprel kunlari ob-havo 11 darajagacha pasayishi hamda ayrim tuman va hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilayotganligi aytilgandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ob-havodagi ushbu o‘zgarishlar salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarni berdi. Bular quyidagilar:
• bog‘-tokzorlarning qator oralaridan sug‘orish ariqlari olinib, iloji boricha kam miqdorda suv oqiziladi, qator oralariga go‘ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ular tutatiladi. Buning uchun bog‘ va tokzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m balandligi 0,5-0,75 m dan to‘p-to‘p qilib uyib qo‘yiladi.
• daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektarda 100-200 ta uyum hosil qilish kerak. Tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlar bog‘ning shamol esadigan tomoniga qo‘yiladi, havo xarorati kuzatilib boriladi.
• havo ochiq bo‘lib, harorat +1 darajaga tushishi bilan uyumlar tutatiladi. Bunda uyumlarning alangalanmay, tutab yonishiga alohida ahamiyat berish lozim. Sovuq takrorlanishini hisobga olib, uyumlar oralatib tutatiladi. Sovuq bo‘lmasa uyumlar o‘g‘it sifatida foydalaniladi.
Shuningdek, mavjud tutzor va tut daraxtlarini bargini asrab qolish maqsadida atrofiga mahalliy go‘ng yoki qurigan xas-xazonlarni to‘plab tutatish va qondirib sug‘orishni tashkil etiladi.
Ertaki muddatlarda ekilgan kartoshka nihollari yerdan unib chiqqan bo‘lsa, sharoitga qarab, egat ustini polietilen plyonka bilan yopish yoki yopishning iloji bo‘lmagan maydonlarda kechki suv qo‘yishni tashkil qilinadi va maydonning atrofini go‘ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ular tutatiladi.
Isitilmaydigan ko‘chatxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbiri dugalar o‘rnatib, ustini polietilen plyonkasi bilan yopiladi, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish xamda atrofini go‘ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ular tutatiladi.
Issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ko‘chatlarini va bodring, poliz ekinlarini urug‘larini ekishni vaqtinchalik to‘xtatib turish zarur. Agar pomidor, shirin qalampir, baqlajon ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa kechki suv qo‘yishni tashkil qilinadi va maydonning atrofini go‘ng aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ular tutatiladi.
Har bir dalada havo harorati kuzatilib, harorat +1 darajaga tushishi bilan uyumlar tutatiladi.
Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoq, osh lavlagi, karam, ko‘kat sabzavotlar kabi ekinlarga -3...-2 daraja sezilarli ta’sir etmaydi.
LiveBarchasi