Vazirlik: Ayol “Tashkent city” qurilishida vafot etgan eri uchun kompensatsiya ololmagan

Jamiyat

image

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishda halok bo‘lgan ishchining turmush o‘rtog‘i ish beruvchi tomonidan kompensatsiya puli ololmay sarson bo‘lgan. Ayol O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qilgan.

Vazirlik Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Tashkent city”majmuasida o‘tgan yilning 25 avgust kuni B.A.Egamberdiyev bilan baxtsiz xodisa ro‘y bergan. Hodisa qurilish maydonining 1-lot birinchi sonli 9 qavatli qurilish binosi yonidagi oqava suv uchun kollektor trubasi “T.L.C.” MCHJda sodir bo‘lgan.

Mazkur holatni o‘rganish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori boshchiligida komissiya tuzilgan. O‘rganishlar fuqaro bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa ishlab chiqarish bilan bog‘liq deb topilgan.

Natijada ish beruvchi tomonidan vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshi – turmush o‘rtog‘iga kompensatsiya puli to‘lab berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Tashkent city qurilish

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing