Vazirlik 25 oktyabrdan talabalar ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
25 oktabr 2021 19814 1 daqiqa
Kecha, 24 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari 25 oktyabrdan 3 haftalik ta’tilga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirib, u haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati ushbu xabar hech qanday asosga emasligini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolg‘on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik fuqaro va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini, yolg‘on xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga (“Yolg‘on axborot tarqatish”) ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28