Koronavirusni qon berish yo‘li bilan davolab bo‘lmaydi – Otabekov
Salomatlik
−
27 mart 2020
5716Koronavirus pandemiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarilmagan bo‘lsa ham, ammo mavjud dori vositalari orqali ularni davolashga katta e’tibor qaratilgan. COVID-19 infeksiyasini shifokorlar sog‘lom deb topgan donorning qon berish yo‘li bilan davolasa bo‘ladimi?
Ushbu masala yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov o‘z fikrini bildirdi.
“Laboratoriya tekshiruvlari sog‘lom deb topgan bo‘lsa, har bir kishining donorlik qilishga haqqi bor. Unda qon orqali yuqadigan kasallik bo‘lmasa bo‘lgani.
Ammo dunyo tajribasida koronavirusga chalingan bemorlarga qon quyish orqali shifo topilgani haqida ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu bemorlarda kuzatiladigan asoratlar bu – o‘pka yallig‘lanishi, nafas va yurak yetishmoqchiligi bilan bog‘liq holatlardir”, dedi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 83 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi