Vazirlar Mahkamasida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2021
14246O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Hukumat portalida xabar qilindi.
Unga ko‘ra, Bekzod Baxtiyorovich Akramov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda byudjet, soliq va bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari shu’basi mudiri etib;
Zafar Rayimovich Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib;
Uchqun Abdivohidovich Mahmudov esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining Atamashunoslik va toponimik ob’ektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib tayinlandi.
LiveBarchasi