Dehqon xo‘jaliklariga oid yangi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat xizmatlari agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimlarining dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Inspeksiya, Kengash, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari soni va ularga biriktirilgan yer maydonlarini yalpi xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Ishchi guruhi xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan xo‘jaliklarni tashkil etilishini qonuniyligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi.

Ishchi guruhi tomonidan tuzilgan dalolatnomaga ko‘ra:

yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgan hollarda yerga bo‘lgan egalik huquqini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq bekor qilinishini;

qishloq xo‘jaligi ekini ekish uchun mo‘ljallangan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qurilishlarni amalga oshirgan shaxs mablag‘lari hisobidan buzilishi va ekin yer maydoni darajasiga keltirilishi, bu jarayonda nizo yuzaga kelgan hollarda ushbu harakat O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga muvofiq sud tartibida hal etilishini;

maqsadsiz foydalanilgan yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarib, dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 27-moddasiga muvofiq tugatilishini ta’minlaydilar.

Davlat xizmatlari agentligi xatlov natijasiga ko‘ra, barcha dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini davlat ro‘yxati reyestri bilan taqqoslagan holda, ro‘yxatda bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini belgilangan tartib va muddatlarda yagona dehqon xo‘jaligi sifatida ro‘yxatga olinishini ta’minlaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil hosili uchun 2020 yilning 1 yanvariga qadar, keyinchalik mavsumning 10 avgustiga qadar ekin maydonlariga har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlangani va dehqon xo‘jaligi egasi taklifini inobatga olgan holda to‘qsonbosti, ertagi, o‘rtaki va kechki ekin turlarini joylashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda “Tomorqa xizmati” MCHJlari tomonidan dehqon xo‘jaliklariga shartnoma asosida urug‘lar, ko‘chatlar va mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash materiallarini hamda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun ozuqa (shrot, sheluxa va kombikorm) mahsulotlarini shartnoma asosida yetkazib berishni tashkil etishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda hamda umumiy yer maydoni negizida ixtiyoriy asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarining kooperatsion birlashishi institutini kengaytirish choralarini ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing