Vaziri yo‘q vazirlikda tayinlov bo‘ldi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Enrgetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Baxtiyor Murodovich Umarov tayinlandi.

Baxtiyor Umarov bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan oldin vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori hamda Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Energetika vaziri lavozimi vakant bo‘lib turibdi. Sobiq vazir Alisher Sultonov joriy yilning 7 aprel kuni lavozimidan ozod etilgandi. U bu lavozimda 2019 yildan beri faoliyat yuritayotgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

545

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing