Vazir o‘rinbosari Termiz hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2022
13004Termiz shahri hokimi lavozimiga O‘ktam Ismoilovich To‘rayev tayinlandi.
O‘ktam To‘rayev bugungacha Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. U bu lavozimga 2021 yil may oyida tayinlangandi.
O‘ktam To‘rayev 1979 yilning 25 oktyabrida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Boysun tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. 2019 yildan vazir o‘rinbosari bo‘lgunga qadar Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi