Vazir Farg‘onada kommunal sohada muammo bo‘lmasligiga ishontirmoqda
Jamiyat
−
05 iyun 2020
5767Farg‘ona viloyatida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, fuqarolarga munosib yashash sharoitlarini yaratish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash holati qanday? Shu masalani o‘rganish maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev mazkur viloyatga bordi. Bu haqda vazirlikning Telegram'dagi rasmiy kanalida ma’lumot berildi.
"Farg‘ona barcha yo‘nalishda namuna bo‘lishi kerak", deydi Muzaffar Saliyev.
Vazir Marg‘ilon shahrida barpo etilayotgan hunarmandlar shaharchasi, hamda ushbu hududda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan ko‘p kvartiralik uylarning ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini ko‘zdan kechirdi va qurilish-ta’mirlash ishlarini karantin tartib qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ta’kidlanishicha, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida joylashgan ko‘p qavatli uylarning majburiy badal to‘lovlari bilan bir qatorda, ichimlik suv va oqava suv xizmatlari, issiqlik ta’minoti uchun to‘lovlarni "Yagona hisob-kitob markazi" DUK yig‘iladigan bo‘ldi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farg‘ona viloyatida uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15