“Vasvasa davom etyapti”: Medvedev WADA qaroriga munosabat bildirdi

Sport

image

Avvalroq, Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) Rossiyani 4 yilga xalqaro sport musobaqalaridan chetlatgani haqida xabar bergan edik.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev WADA qaroriga munosabat bildirdi. U agentlik qarorini “doimiy tus olgan aksilrossiya vasvasasining davomi”, deb atadi.

“Bu qarorlarning takrorlanishi va ko‘p hollarda u yoki bu shaklda jazolangan sportchilarga nisbatan qo‘llanishi, doimiylik kasb etayotgan aksilrossiya vasvasasining davom etayotgani haqida tasavvur shakllanishiga sabab bo‘ladi”, dedi Bosh vazir.

TASSning yozishicha, Medvedev Rossiyaning vakolatli tashkilotlari WADA qarori ustidan shikoyat qilishi kerakligini ta’kidladi.

“O‘ylashimcha, bu masalalar kimning vakolat doirasiga kirsa, men rossiya idoralarini nazarda tutyapman, u bunday qaror yuzasidan shikoyat qilishi lozim”, dedi RF Bosh vaziri.

Shu bilan birga, Medvedev Rossiya sportida doping bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ham tan oldi.

Ma’lumot uchun, WADA taqiqi sabab Rossiya Olimpiada o‘yinlari, jahon chempionatlarida qatnasha olmaydi. Faqatgina “toza” rossiyalik sportchilar musobaqalarda bayroq va madhiyasiz ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya davlat xizmatchilari, Rossiya Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi vakillarining xalqaro sport tadbirlariga tashrifi ham to‘rt yilga cheklandi. Eng asosiysi, 4 yil davomida Rossiya yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish huquqidan mahrum bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev WADA

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing