Vaskes yana bir yil “Real”da qoladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Lukas “Real”ga 2007 yilda, 17 yoshida qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda 32 yoshli Vaskes barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

“Transfermarkt” internet portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil etadi, umumiy hisobda Vaskes “qaymoqranglilar” tarkibida 349 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Vaskes 2015 yildan “qirollik klubi”ning asosiy tarkibida to‘p tepib kemoqda. “Qaymoqranglilar”dagi faoliyati davomida futbolchi 5 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya chempionati, 3 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Lukas Vaskes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing