Vashingtondan so‘ng Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari Moskvada uchrashadi
Olam
−
02 may 2023
3835Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Moskvada ozarbayjonlik mavqedoshi Jeyhun Bayramov bilan yangi uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu haqda bugun, 2 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Armaniston parlament komissiyasining Yevropa integratsiyasi bo‘yicha rahbari, hukmron “Fuqarolik shartnomasi” fraksiyasi vakili Arman Yegoyan ma’lum qildi.
“Moskvada Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuv bor”, degan Yegoyan.
Ma’lumot uchun, 1 maydan buyon Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken vositachiligida Vashingtonda muzokaralar olib bormoqda. Uchrashuvlarda Armaniston tomonidan parlament vitse-spikeri, mamlakatning Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha maxsus vakili Ruben Rubinyan ham ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi