Vashingtonda Ilon Maskni sudga berishdi

Olam

image

AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) amerikalik milliarder Ilon Maskka nisbatan Twitter (keyinchalik uning nomi X deb o‘zgartirilgan) ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish paytida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun sudga murojaat qildi. Bu haqda "The New York Times" xabar berdi.

SEC'ning Vashingtonda topshirilgan da’vosiga ko‘ra, Mask 2022 yil mart oyida Twitter aksiyalarining 5 foizdan ko‘prog‘ini sotib olgani haqida komissiyaga o‘z vaqtida hisobot taqdim etmagani uchun qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha federal qonunlarni buzgan. Qayd etilishicha, buning oqibatida Mask aksiyalarni arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishni davom ettirgan, bu esa unga kamida 150 million dollar kam to‘lash imkonini bergan.

Ish hujjatlarida aytilishicha, Mask 2022 yil boshidanoq Twitter'ning muhim ulushini sotib olishni boshlagan va 2022 yilning 14 martiga kelib u kompaniyaning muomaladagi aksiyalarining 5 foizdan ortig‘iga egalik qilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 5 foizlik ulushga egalik chegarasidan oshib ketganligi to‘g‘risida SEC'ni o‘n kalendar kun ichida xabardor qilish majburiyati bor, biroq Mask buni qilmadi.

Hujjatda qayd etilishicha, belgilangan muddatdan o‘n bir kun o‘tib, ya’ni 2022 yil 4 aprelda Mask Twitter aksiyalarining 9 foizdan ortig‘ini sotib olganini e’lon qilgan. Xabar qilinishicha, Twitter aksiyalari narxi xuddi shu kunning o‘zida 27 foizdan oshgan.

Da’vo arizasida aytilishicha, Mask xabarnoma topshirishni kechiktirar ekan, investorlar Twitter aksiyalarini sun’iy ravishda arzon narxlarda sotib, katta iqtisodiy zarar keltirgan. AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi suddan Maskdan jarima to‘lash va aksiyalarni sotib olishdan noqonuniy ravishda olingan daromadlarni qaytarishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Twitter Ilon Mask X

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing