AQSH va Xitoy munosabatlarining yomonlashuviga kim aybdor bo‘lgani aytildi 

Olam

image

Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuviga AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining xatti-harakatlari sabab bo‘lgan. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I aytib o‘tdi. 

Vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Xitoy va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar "odatdagi yo‘ldan chiqib ketgan" va mamlakatlar o‘rtasida "diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan beri eng jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan". 

"Buning asosiy sababi AQSHning avvalgi ma’muriyati o‘zining siyosiy manfaatlariga asoslanib, Xitoyning kelajakka yo‘lini va unga nisbatan siyosatini jiddiy ravishda buzgani edi", degan Van I. 

Unga ko‘ra, Amerika tomonidan Xitoyga bosim o‘tkazish uchun qilingan bir qator qadamlar "ikki tomonlama munosabatlarga o‘lchovsiz zarar yetkazgan". 

Bundan tashqari, Xitoy Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, AQSH-Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Xitoy-AQSH munosabatlarini normallashtirish uchun "Xitoyga nisbatan xurofot va asossiz shubhalardan voz kechishi kerak".


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing