Vardanyanning advokatlari BMTga Ozarbayjon ustidan shikoyat qildi
Olam
−
14 iyun
2851Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyanning xalqaro advokatlar guruhi Birlashgan Millatlar Tashkilotining qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisiga uning Ozarbayjon qamoqxonasida saqlanayotgan sharoitlarni shafqatsiz deb qoralashni so‘rab, murojaat yubordi. Bu haqda Vardanyan oilasining Telegram-kanalida tarqatilgan bayonotda so‘z borgan.
Unda ta’kidlanganidek, sobiq davlat vaziri joriy yilning aprel oyida ochlik e’lon qilgan paytda jazo kamerasiga yotqizilgan, uyqu va suvdan mahrum qilingan, qarindoshlari bilan muloqot qilish taqiqlangan.
Vardanyan 2023 yilning 27 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonning Goris shahriga (Syunik viloyati) ketmoqchi bo‘lganida Ozarbayjon xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. Tadbirkor "Troyka Dialog" kompaniyasi asoschisi va Skolkovo menejment maktabining birinchi prezidenti. 2022 yil sentyabrida Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Tog‘li Qorabog‘ga ko‘chib o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. O‘sha yilning dekabr oyida uning Rossiya fuqaroligidan chiqish haqidagi arizasi qanoatlantirildi. 2022 yilning noyabrida u tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ davlat vaziri etib tayinlangan, 2023 yil fevralida esa lavozimidan chetlashtirilgan.
Vardanyanga terrorizmni moliyalash, qonunda ko‘zda tutilmagan qurolli tuzilmalar yoki guruhlar tuzish va ular faoliyatida qatnashish, Ozarbayjon davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovlari qo‘yilgan.
LiveBarchasi