Van Persi YeCHLda shov-shuv ko‘targan jamoani boshqaradigan bo‘ldi

Sport

image

“Xerenven” klubi bosh murabbiyi Robin van Persi Rotterdamning “Feyenoord” jamoasi ustoziga aylanadi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Feyenoord” “Xerenven” bilan shartnoma shartlarini kelishib, 41 yoshli mutaxassisni  murabbiylikka tayinlash borasida bir to‘xtamga kelgan.

Qayd etish joiz, van Persi aynan Rotterdam jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hozirda “Feyenoord” Yevropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jamoa o‘tish o‘yinida “Milan” klubini mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi. 

Ma’lumot uchun, Robin van Persi futbolchilik faoliyati davomida “Feyenoord”, Londonning “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va Turkiyaning “Fenerbaxche” klublarida to‘p surgan. U ikki marta Angliya Premer-ligasining “Oltin butsasi”ni qo‘lga kiritgan va Niderlandiyaning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Van Persi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing