Van I O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
18 noyabr 5107 1 daqiqa
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning taklifiga binoan Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I 2025 yilning 19-22 noyabr kunlari ushbu uch davlatga tashrif buyurib, Tashqi ishlar vazirlari bilan strategik muloqotlar o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Szinpinning 3 davlat yetakchilari bilan erishgan umumiy kelishuvlarini amalga oshirish maqsadida Tashqi ishlar vaziri Van I ushbu mamlakatlarga tashrif buyurib, mavqedoshlari bilan strategik muloqot o‘tkazadi. Vazirlar ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Xitoy tomoni fikricha, tashrif “Xitoy - Markaziy Osiyo” ikkinchi sammiti yakunlari hamda Xitoy Raisi Si Szinpin va Toshkent, Bishkek, Dushanbe o‘rtasidagi umumiy kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi, siyosiy o‘zaro ishonch va an’anaviy do‘stlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi yuqori darajadagi hamkorlikni chuqurlashtiradi, shuningdek, “Xitoy – Markaziy Osiyo” hamjamiyatini barpo etishga ko‘proq ijobiy hissa qo‘shadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlagandi.
Live
Barchasi