Van I Blinkendan AQSH sanksiyalarini bekor qilishni talab qildi

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Myunxenda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Amerika rasmiylaridan Xitoyga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Van I Qo‘shma Shtatlardan Xitoy korxonalari va jismoniy shaxslariga nisbatan noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishni hamda XXRning rivojlanish sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslikni talab qildi”, deyiladi Xitoy TIV saytida e’lon qilingan bayonotda.

Aniqlik kiritilishicha, Van I Qo‘shma Shtatlarga munosabatlarni o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va "g‘alaba qozongan hamkorlik" tamoyillari asosida qurish zarurligiga ishora qilgan. Xitoy diplomatining ta’kidlashicha, Pekin va Vashington "ikki buyuk davlatning bir-biri bilan til topishishiga imkon beradigan to‘g‘ri yo‘lni faol izlashi kerak".

“Global Times”ga ko‘ra, Amerika sanksiyalari XXRning 1,3 mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan qo‘llaniladi. Vashingtonning cheklovlar ro‘yxati doimiy ravishda kengayib bormoqda. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar bir qator Xitoy tovarlariga oshirilgan bojlar, XXRga eng yangi texnologiyalarni eksport qilish va Pekin bilan investitsiyaviy hamkorlikka cheklovlar joriy etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Entoni Blinken Van I

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing