Van Gogning 134 yillik asari ilk bor ommaga namoyish etiladi

Madaniyat-san’at

image

Gollandiyalik rassom Vinsent Van Gogning "Monmartrdagi ko‘cha manzarasi" surati yaratilganidan beri birinchi marta ommaga namoyish etiladi. Bu haqda "ARTnews" xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Fransiya poytaxtidagi Sotheby's ko‘rgazmasida suratning namoyish etilishi rejalashtirilgan, undan oldin esa u Amsterdam, Gonkong va Parijda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi. 

Xabarga ko‘ra, suratning narxi 5-8 million yevroga baholangan. 

"Monmartrdagi ko‘cha manzarasi" Van Gog tomonidan 1887 yilda yaratilgan. 

U 1920 yildan beri bir oilaning shaxsiy kolleksiyasida saqlanib kelinmoqda va hech qachon ommaga namoyish etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Van Gog

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing