Koronavirus qo‘l keldi – Van Gogning surati o‘g‘irlab ketildi
Madaniyat-san’at
−
30 mart 2020
10709Gollandiyadagi "Singer Laren" muzeyidan Vinsent Van Gogning (1853-1890) surati o‘g‘irlandi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni muassasaning o‘zi ma’lum qilgan.
Gap rassom mo‘yqalamiga mansub “Bahorgi bog‘, bahorda Nyuenendagi pastor bog‘i” polotnosi haqida bormoqda. Van Gog uni 1884 yilda chizgan edi. San’at asari Groningen muzeyidan ijaraga olingan edi.
Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlik mahalliy va qt bilan tonggi 03:15 da (Toshkent vaqti bilan 06:15) sodir etilgan. O‘g‘rilar ichkariga kirish uchun muzeyning shisha eshigini sindirishgan. Muzeyning o‘zi koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida yopib qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi