Vaksinaning eng yaxshisini, pulidan qat’i nazar, olib kelamiz – Mirziyoyev
Jamiyat
−
20 fevral 2021
4686O‘zbekistonda Yevropa, Xitoy va Rossiya bilan koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berish borasida muzokaralar olib boryapti. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Emlash to‘g‘risida ko‘p gapirilyapti. Biz Yevropa, Xitoy va Rossiyadagi hamkorlarimiz bilan vaksina bo‘yicha ko‘p ishlayapmiz. Albatta, olib kelamiz. Emlash choralarini ko‘ryapmiz. Buni shoshilib qilish mumkin emas. Men o‘zim qaysi vaksina eng ma’quli ekan deb har haftada 2-3 kun o‘tiraman”, degan Prezident.
U so‘zida davom etib vaksina uchun 3 trln so‘m ajratilganini ta’kidlab, hozirda sinovlar olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Murojaatnomada aytildi 3 trln pulni zaxira qilib qo‘ydik. Uning eng ma’qulini topamiz. Xalqimizga foydasi ko‘proq bo‘ladigan vaksinani sotib olamiz. Yetti marta emas, o‘n marta o‘lchab, bir marta kesamiz. Xalqimizning salomatligini o‘ylash men uchun eng katta masalalardan biri. Sinovlarni o‘tkazyapmiz, qaysi biri ma’qul bo‘lsa, pulidan qat’i nazar xalqimizga kerakli miqdorda vaksinani olib kelamiz”, deya so‘zini yakunlagan Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq, milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston xarid qilishni rejalashtirayotgan 1 mln doza vaksinaning 500 mingini o‘z hisobidan olib berishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi