Vaksinalarga ishonmagan Prezident vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Tanzaniya Respublikasi Prezidenti Jon Magufuli kecha, 17 mart kuni 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Samiya Hasan Suluxu ma’lum qilgan.

Prezident joriy yil 10 mart kuni koronavirus bilan kasallangani tufayli qo‘shni Keniyadagi shifoxonaga yotqizilgan. 

Tanzaniya Hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Magufulining o‘limiga aslida yurak xuruji sabab bo‘lgan. 

Magufuli so‘nggi marta 24 fevral kuni ommaviy tadbirda qatnashgan. O‘shanda u mamlakatning iqtisodiy poytaxti bo‘lgan Dar-es-Salam shahridagi savdo markazida bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘zga chiqqan. 

27 fevralda esa Magufuli Sharqiy Afrika hamjamiyati mamlakatlari rahbarlarining sammitida qatnashishi kerak bo‘lgan, ammo uning o‘rniga vitse-prezident Samiya Hasan Suluxu sammitda ishtirok etgan. 

Vafot etgan Prezident mamlakatda virusga qarshi choralar va karantin joriy qilmagan. U koronavirus bilan kasallangan aholiga ibodat bilan davolanishni maslahat bergan. 

Prezident, shuningdek, vaksinalarga ularni yevropaliklar ishlab chiqarishi sababli ishonmasligini hamda Tanzaniya vaksina sotib olmasligini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Magufuli Tanzaniya Prezidenti lavozimini 2015 yilda egallagan. U mamlakatning 5-Prezidenti bo‘lgan. 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jon Magufuli

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar