Vaksina paydo bo‘lmagan taqdirda nima qilish zarurligi aytildi

Salomatlik

image

Garvard olimlarining ta’kidlashicha, agar vaksina paydo bo‘lmasa, odamlar 2022 yilgacha bir-birlaridan 1,5-2 metr masofada ijtimoiy masofani saqlab yurishlari zarur bo‘ladi. Bu masalada olib borilgan tadqiqot xulosasi “Science” jurnalida nashr etildi. 

“Intensiv terapiya imkoniyatlari sezilarli darajada oshmasa yoki vaksina paydo bo‘lmasa, odamlar 2022 yilgacha masofa saqlab yurishlariga to‘g‘ri keladi”, deya xulosa qilgan mutaxassislar.

Tadqiqot kompyuter simulyatsiyasi yordamida olib borildi, unda mutaxassislar turli vaziyatlarda koronavirus tarqalishini kuzatib bordi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, “oddiy grippga o‘xshab” kasallikning yangi avj olgan davrida zudlik bilan ijtimoiy masofa saqlash rejimiga o‘tish lozim.

Shuningdek, olimlar pandemiyaning yanada tarqalishiga bog‘liq bo‘lgan asosiy omil sifatida koronavirusning yangi to‘lqinlari paydo bo‘lishi va uning yil vaqtiga bog‘liqligini ko‘rsatishdi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing