Vaksina olmagan chet elliklar AQSHga kiritilmasligi mumkin
Olam
−
05 avgust 2021
3375AQSH hukumati emlanmagan chet elliklar uchun mamlakatga kirishda cheklovlar qo‘yishi mumkin. Bu haqda “Reuters” nashri Oq uy vakiliga tayanib, xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu chora bir qator mamlakatlardan kirish uchun mavjud cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng, kuchga kiradi. Biroq, mazkur cheklovlar barcha davlatlar fuqarolari uchun amal qiladi.
Nashr manbasiga ko‘ra, emlanmagan chet ellik fuqarolarni mamlakatga kirgizmaslik rejimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. AQSHga chet eldan kirib kelayotgan barcha fuqarolar koronavirusga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishlari kerak.
Xabarda ta’kidlanishicha, hozircha AQSHga kirish uchun qo‘yilgan joriy cheklovlar olib tashlanmaydi. Bunga AQSHda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sabab bo‘lmoqda. Shunga qaramay, idoralararo ishchi guruhlar “sayohat tiklanishi uchun yangi tizim tayyorlash” rejasini ishlab chiqishmoqda.
Hozirgi vaqtda AQSH hukumati so‘nggi ikki hafta ichida Buyuk Britaniya, Irlandiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika, Eron, Braziliya va Shengen hududiga kiruvchi davlatlar hududida ikki haftadan ortiq bo‘lgan fuqarolarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.
LiveBarchasi