Vaksina olish koronavirus yuqmaydi degani emas – JSSTning O‘zbekistondagi vakili

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Koronavirusga qarshi vaksinalar odamni kasallikdan himoya qilish mutlaq tasdiqlanmagan. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash Navro‘z bayramidan keyin boshlanishi rejalashtirilgan. Bu yerga olib kelinayotgan vaksinalarning barchasi JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar hisoblanadi.

“Alohida ta’kidlash kerakki, vaksina — koronavirusga qarshi kurashda kichik bir qurol. U koronavirusga chalingan inson holatining jiddiylashishining oldini olishda so‘zsiz yordam beradi. Biroq vaksina insonni koronavirusni yuqtirishdan saqlashi hali tasdiqlanmagan. 

Deylik, bugun siz vaksina olsangiz ertaga yoki indinga o‘zingiz yoki yana boshqa insonga yuqtirishingiz ham mumkin. Shu bois vaksina olgan insonlar ham karantin talablariga rioya qilishi shart”, deydi Kuppens.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekiston aholini koronavirusga qarshi emlashda 3 xil vaksinadan foydalinishini aytgandi. Bular AstraZeneca, “Sputnik V” va ZF-UZ-VAC 2001 (ZF-2001) vaksinalari.

Shuni ham qayd etish kerakki, bu vaksinalarning faqat bittasi AstraZeneca JSST tomonidan rasman favqulodda qo‘llash uchun tavsiya etilgan. Ammo qator Yevropa davlatlari ushbu vaksinadan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga vaksinatsiyadan keyin o‘lim holatlari kuzatilgani sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsina

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing