Vaksina koronavirusga qarshi eng yaxshi himoya emas – Bayden
Olam
−
27 yanvar 2021 5078 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarshi eng yaxshi himoya vositasi nima ekanini aytdi. Biroq bu vaksina emas.
Uning ta’kidlashicha, yaqin oylarda COVID-19 infeksiyasiga qarshi asosiy himoyachi vaksina emas, balki tibbiy niqob bo‘ladi.
Siyosatchi bu barcha fuqarolarni emlash uchun ko‘p vaqt talab etilishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.
Shuningdek, davlat rahbari vaksina sotib olishni yana 200 million dozaga ko‘paytirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qilgan, bu esa AQSHda emlash mumkin bo‘lgan fuqarolar sonini kengaytiradi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH koronavirus yuqtirish va undan vafot etish holati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda pandemiya boshidan buyon 26 mln 11 ming 222 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 435 ming 452 nafar bemor esa virus qurboni bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28