“Vagner” Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etmayotganini aytdi

Olam

image

Bugungi kunda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi xodimlari faqat Afrika va Belorusda ishlamoqda, na Rossiya gvardiyasida, na Rossiya Mudofaa vazirligi saflarida, na boshqa joylarda kompaniyaning bo‘linmalari mavjud emas. Bu haqda XHK o‘zining rasmiy kanali deb ataydigan “Razgruzka Vagnera” Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi hozircha “maxsus harbiy operatsiya”da ishtirok etmayapti. Vaziyat o‘zgarsa, qo‘shimcha e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.

“Vagner”ning bu bayonoti Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Belarusni chegara yaqinida mashg‘ulotlar niqobi ostida harbiylar, qurol-yarog‘ va texnika qurayotganlikda ayblab, kuchlarni olib chiqishni talab qilganidan keyin yangradi.

Ukraina TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusning Gomel viloyatida harbiy xizmatchilar soni ortib bormoqda. Rasmiy Kiyev bayonotida aytilishicha, u yerda o‘tgan yildan beri asoschisi Yevgeniy Prigojin qo‘zg‘olonidan so‘ng bir qismi joylashgan “Vagner” askarlari va “maxsus operatsiyala”r kuchlari to‘plangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Belarus harbiylari armiyaning deyarli uchdan bir qismini Ukraina bilan chegaraga o‘tkazgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vagner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing