Va’daga vafo. Rossiya 45 nafar polshalik diplomatni haydadi

Olam

image

Moskva rossiyalik diplomatlarning Polshadan chiqarib yuborilishiga javoban 45 nafar polshalik diplomatni nomaqbul shaxslar (persona non grata) deb e’lon qildi. Ular 13 aprelgacha Rossiyani tark etishlari kerak. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, xabar berdi.

“Polshaning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar tamoyiliga asoslangan nodo‘stona harakatlariga javob tariqasida Polsha Respublikasi elchixonasi hamda Polsha Respublikasining Irkutsk, Kaliningrad va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklarining 45 nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilindi. Ular Rossiya Federatsiyasi hududini 13 aprel kuni oxirigacha tark etishlari kerak. Tegishli nota Polshaning Rossiyadagi elchisiga topshirildi”, deyiladi xabarda.

Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, bugun, 8 aprel kuni Smolenskaya maydoniga chaqirilgan Polshaning Moskvadagi elchisi Kshishtof Krayevskiy 23 mart kuni Rossiyaning respublikadagi 45 nafar xorijiy vakolatxonalari xodimining persona non grata sifatida asossiz e’lon qilinganiga keskin norozilik bildirgan.

“Elchiga bunday qadamni Varshavaning ikki tomonlama munosabatlarni oxir-oqibat barbod qilishga ongli ravishda intilayotganining tasdig‘i deb bilishimiz aytildi. Buning uchun javobgarlik to‘liq Polsha tomonida”, deyiladi vazirlik xabarida.

Xabarga ko‘ra, mart oyi oxirida Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev razvedka faoliyatida ayblanib, 45 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilgani haqida nota olgan. 

Xabarga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar saqlanib qolgan. Rossiya Federatsiyasining Varshavadagi elchixonasi, konsullik bo‘limi, shuningdek, Krakov, Gdansk va Poznandagi bosh konsulliklar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga diplomatik missiyaning 45 nafar xodimi mamlakatda chiqarib yuborilishi haqida nota topshirilgan edi. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya bunga albatta javob berishini aytgandi.

Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyi oxiridan beri Polsha Rossiyaning Varshavadagi elchixonasining bank hisoblarini “terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin” degan bahona bilan bloklab qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing