Va’daga vafo: ayrim hududlardagi maktablarda bepul ovqat berish boshlanadi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respbulikasi va Xorazm viloyati maktablarining boshlang‘ich sinflarida joriy yilning aprel oyidan boshlab bepul nonushta berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillardagi taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Prezident farmoni loyihasida aytib o‘tilgan.

Taraqqiyot strategiyasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.Musayev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2022 yil 1 apreldan boshlab bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda, loyihada ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning sentyabr oyida saylovoldi kampaniyasi vaqtida Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, 1-4 sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing