Vetnam o‘z vaksinasini ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazmoqda

Olam

image

Bugun, 17 dekabrdan boshlab Vetnam koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda VNA xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, mamlakat poytaxti Xanoydagi harbiy tibbiyot universitetida fuqarolar koronavirusga qarshi emlanmoqda.

Ko‘ngillilar emlanayotgan Nanocovax vaksinasi Vetnamning Nanogen farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 

Qayd etilishicha, joriy yilda Vetnamda uchta kompaniya o‘zining vaksinasini ishlab chiqqan. Ularning barchasi hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan. 

Ma’lumot uchun, Vetnamda pandemiya boshlanganidan beri 1 ming 405 ta koronavirus infeksiyasi holati aniqlangan. Ulardan 1 ming 252 nafari sog‘aygan, 35 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing