Uzun tumanida traktorni boshqara olmagan haydovchi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 may kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida transport vositasi ishtirokida baxtsiz hodisa yuz berdi. Oqibatda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea shu kuni soat 19:20 larda tumanning “Chinor” mahallasi hududidagi adirlikda, transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan joyda sodir bo‘lgan. 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi E.X. (erkak) “TTZ-28” rusumli tirkamali traktorni pastlik tomon boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotadi va jarlikka ag‘dariladi.

Oqibatda, haydovchi E.X. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

“Mazkur hodisa yuzasidan Uzun tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH traktor

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing